Tuyalar haqida qiziqarli faktlar

Ko'pchiligimiz tuyalar haqida ikkita narsani bilamiz - ularning o'rkachlari bor va ular odamlarga tupurishlari haqida.

Minglab odamlar tuyalarni bilishadi, ammo qanchamiz bu ajoyib mavjudotlar haqida qiziqarli ma'lumotlarni bilamiz?

Quyida sizlar uchun bu ajoyib mavjudotlar  haqida qiziqarli faktlar: 

# Tuyalarning o'rkachlari suvni saqlash uchun ishlatilmaydi. Ular issiq iqlimdan kelgan bo'lsalar ham, ularning dumlari yog'ni to'playdi va qolgan tanalarini sovuqroq saqlashga yordam beradi. Zarur bo'lganda, yog 'ovqat yoki suvga aylanadi.

# "Tuya" so'zi arabcha so'zdan olingan. U so'zma-so'z tarjima qilinganda go'zallikni anglatadi. Haqiqatdan ham u Allohning mo'jizasidir. 

Meduzalar haqida qiziqarli faktlar

# Tuyalar cho'lda suvsiz qolishadi, shuning uchun ular tahminan 150 litr suvni bir martaning o'zida ichishadi. Qizig'i shuki, ichilgan suv ularning o'rkashlarida saqlanmasligini inobatga olsak, tuyalar haqiqiy mo'jizaviy hayvondek bo'lib ko'rinadi ko'zimizga. 

Foto: https://www.balisafarimarinepark.com/what-makes-camel-became-a-unique-animal/

# Ikkinchi Jahon urushi paytida nemis tank haydovchilari o'z transport vositalarini tuya axlatlari ustidan haydab, bu ularga omad keltiradi deb o'ylashgan.

# Arab tuyalari bitta o'rkachli bo'ladi lekin Osiyo tuyalari ikki o'rkachli bo'ladilar. Arab tilida tuya shunchalik mashhurki, hatto "tuya" degan ma'noni anglatuvchi 160 dan ortiq so'zlar mavjuddir. 

# Tuyalar tikanli novdalar iste'mol qilishganda boshqa hayvonlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan bu tikanlar tuyalarga deyarli zarar yetkazmaydi. 

Sher haqida top faktlar

# Dunyoda 14 milliondan ortiq tuya bor - ularning aksariyati Yaqin Sharq, Osiyo va Avstraliyada yashaydi.

# Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega tuyaning og'zi ikkiga bo'linganga o'xshaydi? Bu ularning o'tlashiga va oziq-ovqatlarini yanada samarali iste'mol qilishga yordam beradi.

# Yaqin Sharq mamlakatlarida ko'p odamlar tuyani iste'mol qilishadi va tuya go'shti ular uchun tansiq taom hisoblanadi. Tuyaning o'rkachi eng mazali joyidir va yosh tuyalar keksalariga qaraganda mazaliroqdir.

Foto: https://unbelievable-facts.com/2014/01/the-largest-meal-in-world-whole-camel.html

# Haqiqiy tuya suti sigir sutiga qaraganda vitamin C va temirga boyroqdir. Qozog'istonda tuya suti sil kabi kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. 

# Tuyalarning yurishlarini ko'rgan odam ularni sekin yuradi deb o'ylaydi, ammo bu jonivorlar soatiga 64 kilometr tezlikkacha yura oladilar. 

Hayvonlar homilador bo'lganlarida...

# Tuyaning bolasi o'zbek tilida bo'taloq deyiladi va yangi tug'ilgan bo'taloqning o'rkachi bo'lmaydi. O'rkach keyinchalik bo'taloq oziqlanib kattalashganida paydo bo'ladi. 

Foto

 

Foto manbasi

Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi. 

Comments