Rossiya haqida qiziqarli faktlar

Rossiya davlatining poytaxti Moskva shahridir. Umumiy yer maydoni 17,1 mln. km² bo'lib 2024-yildagi aholisi - 144 million kishidir. 

# Rossiya juda katta yerlarga ega davlat hisoblanadi. 
Haqiqatdanda, bu davlat juda katta yerlarga egadir. U nafaqat ikki qit'ani - Evropa va Osiyoni qamrab oladi, balki 17,13 million kvadrat kilometr maydonga ega. Bu fakt uni atigi 16,7 million kvadrat kilometrga ega bo'lgan mashhur sobiq Pluton sayyorasidan ham kattaroq qiladi. 

# Qizil maydonning kommunizmga aloqasi yo'qligini bilarmidingiz?
Qizil maydon (Красная площадь) 19-asr oxirida qurib bitkazilganda, u Krasnyy (красный) deb nomlanadi, bu so'z esa qadimgi slavyanchada "chiroyli" so'zidan olingandir. 

# AQSh va Rossiya bir-biridan atigi 4 km uzoq masofada joylashgan
Bering bo'g'ozining o'rtasida ikkita orol bor, Kichik Diomed va Katta Diomed. Kichik Diomede AQShga tegishli, Katta Diomede (Остров Ратманова) esa Rossiyaga tegishli.  

Boshqalar o'qishmoqda: Qozog'iston haqida qiziqarli faktlar

# Kosmosga uchgan birinchi inson rus millatiga mansubdir
Mashhur kosmonavt Yuriy Gagarin 1961 yilda kosmosga uchadi. Kosmonavt Rus kosmik agentligi tomonidan parvozga tayyorlanadi. Yuriy Alekseyevich Gagarin 1934 yilning 9 mart kuni Sobiq Ittifoqning G‘arbiy viloyatida, Klushinov qishlog‘ida tavallud topgan. 1968 yilning 27 mart kuni, 34 yoshida olamdan o‘tgan. Undan ikki nafar qiz farzand qolgan – Galina Gagarina va Yelena Gagarina.

Yuriy Gagarin haqida

# Dunyodagi daraxtlarning beshdan biri Rossiyadaligini bilarmidingiz?
Rossiya juda ko'p daraxtlar makonidir. Bu 643 milliard daraxt deganidir va bu ko'rsatkich Rossiyaning dunyodagi davlatlar ichida eng ko'p daraxtlarga egaligini bildiradi. Mamlakat hududining qariyb 45 foizi daraxtlar bilan qoplangan, ularning katta qismi Rossiyaning boreal (sovuq hududlarda joylashgan o'rmonlar) o'rmonida yoki taygadadir. Bu qalin o'rmon hududlari bir vaqtlar butunlay muzliklar ostida bo'lgan va hozirda Sibir yo'lbarslari, yovvoyi cho'chqalar, burgutlar va boyqushlar kabi jonzotlarning vataniga aylangandir. 

Boshqalar o'qishmoqda: Kanada haqida qiziqarli ma'lumotlar

# Rossiya va juda ko'p ichimlik suvlari makonidir
Bu yirik hududga ega bo'lgan davlatning Sibirida Baykal ko'li mavjud bo'lib u nafaqat dunyodagi eng chuqur ko'l, balki u dunyodagi chuchuk suvning 20% ga yaqinini ham o'z ichiga oladi. Rossiyaning bu sovuq qismida joylashganligi sababli, ko'l qishda muntazam ravishda muzlaydi, ya'ni ko'lning muzlagan yuzasi ustida hatto mashinada ham o'tish mumkin. 

Baykal ko'li
Foto: https://mymodernmet.com/lake-baikal-winter/

# Sankt-Peterburgning metrosi
Agar siz Rossiyaning ikkita yirik shaharlaridan birida - Sankt-Peterburg va Moskvaga tashrif buyurgan bo'lsangiz, bu ikki yirik shaharning metrolaridan foydalangan bo'lsangiz kerak. Ko'pchilikni ajablantiradigan holat shuki, bu metrolar yerning o'ta pastki qismida joylashgandir. Misol uchun Sankt-Peterburgdagi Admiralteyskaya (Адмиралтейская) stantsiyasi dunyodagi eng baland to'rtta eskalatorga ega bo'lib ularning balandligi 68,6 metrdir. Yuqoridan pastga (yoki aksincha) o'tish uchun taxminan ikki yarim daqiqa kerak bo'ladi.

# 270 ta til va lahjada gaplashadigan odamlar mamlakati
Bu davlatda eng ko'p so'zlanadigan til bu shubhasiz Rus tilidir. Biroq, Rossiyaning fan va oliy taʼlim vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya aholisi kamida 270 ta til va lahjada soʻzlashadi. Fuqarolar orasida nemis va ingliz kabi asosiy xorijiy tillar hamda tatar, chuvash, karel va chechen kabi Rossiyada tillar mavjud. Votik va Ghodoberi kabi bir qancha yo'qolishi xavf ostida qolgan tillar ham mavjud.

Boshqalar o'qishmoqda: Nyu-York haqida qisqa faktlar

# Bu davlatda Stalin hali ham mashhur 
"Moskva Tayms" gazetasining yozishicha, rossiyaliklarning qariyb 70 % sobiq Sovet rahbari Iosif Stalinning Rossiya tarixidagi rolini ma'qullaydilar. So'nggi yillarda esa ruslar orasida Stalinning tarixdagi roli muhimligini oqlaydiganlar ko'paydi. 

# Rossiyada buddaviylik diniga sig'inadiganlar mintaqasi bordir
Rossiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Qalmog‘iston Respublikasida mintaqaga Osiyodan ko‘chib kelgan sobiq ko‘chmanchi guruh bo‘lgan qalmiq xalqi istiqomat qiladi. Stalin qalmiqlarni Sibirga deportatsiya qilishni buyuradi, ammo uning o'limidan keyin ularga qaytishga ruxsat beriladi. 1990-yillardan boshlab, Qalmog'istonda buddaviylik ibodatxonalari qurila boshlaydi. 

Buddist qalmiqlar
Foto: https://travelask.ru/blog/posts/9242-kak-kalmyki-stali-samymi-zapadnymi-buddistami-evrazii

# Aksariyat ruslar Yevropada yashaydilar
Ural tog' tizmasi g'arbda Yevropa Rossiyasini sharqda Osiyo Rossiyasidan ajratib turadi. Biroq, ikkinchisi Rossiyaning umumiy quruqligining 77 foizini tashkil etishiga qaramay, u yerda Rossiya aholisining to'rtdan bir qismidan kamrog'i yashaydi. Buning bir qancha sabablari bor, jumladan, tarixiy, geosiyosiy, meteorologik va madaniy.

# Rossiya qazib olinadigan yoqilg'ining yirik ishlab chiqaruvchisidir
Bu davlat Yevropadagi ayrim davlatlarni o'z tabiiy gazi, ko'miri va nefti bilan ta'minlardi. Dunyodagi uchinchi yirik neft ishlab chiqaruvchisi sifatida Rossiya hali qayta tiklanadigan energiyani mutlaq ustuvor yo'nalishga aylantirmagan.

Boshqalar o'qishmoqda: Marokash haqida qiziqarli ma'lumotlar

# Ruslar aslida unchalik ko'p spirtli ichimliklar ichishmaydi 
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti statistik ma'lumotlariga ko'ra, Rossiyaliklarning ko'p spirtli ichimliklar iste'mol qilishlariga qaramay, bu borada bu millatdan o'zib ketganlar ham bor. 2010 yilda kishi boshiga o'rtacha 15,8 litr, 2016 yilda esa atigi 11,7 litr spirtli ichimlik iste'moli bo'lgan. Darhaqiqat, mamlakat kishi boshiga iste'mol qilinadigan alkogolning litri bo'yicha dunyoda 33-o'rinni egallab turibdi. Bu Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniya kabi ko'plab Yevropa davlatlaridan kamroq.

# Rus ayollari rus erkaklariga qaraganda 10 yil ko'proq yashaydilar
Rossiyalik ayollar 76,43 yil umr ko'rishlari mumkin, erkaklar uchun esa o'rtacha umr ko'rish 66,49 yildir. Biroq, so'nggi o'n yil ichida bu farq asta-sekin yo'qolib boryapti. 

 

Ma'lumotlar yozilayotganda quyidagi manbalardan foydalanildi: 

Qalampir.uz 

Expatica.com

Comments