Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida faktlar

Mahmudxo‘ja Behbudiy - buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri hisoblanib u 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida dunyoga kelgan. 

Behbudiyining otasi Behbudxoja Solihxoja ogli turkistonlik Ahmad Yassaviyning avlodlaridan hisoblanganlarOnasi tomonidan bobosi Niyozxoja urganchlik amier Shohmurod zamonida Samarqandga kelib qolgan

Boshqalar o'qishmoqda: Abdulla Oripov haqida faktlar

Behbudiy adabiyot, tarix fanlari bilan birga u siyosatni ham o‘rgangan. Gazeta va jurnallar orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishib borgan. 

Behbudiy “Oyna” gazetasi asoschisi, muharrir I.Gasprinskiyning “Tarjumon” gazetasini doimiy muallifi bo‘lgan.

Bexbudiyning yozuvchilik poydevori nuqtasi 1911 yil Samarqandda yozilgan “Padarkush” dramasi sanaladi. Unda yosh avlod ma’lumotli va madaniyatli bo‘lishi kerakligi keltirilgan. Drama ilk bor 1912 yil “Turon” gazetasida bosib chiqarilgan, 1913 yilda esa alohida kitob ko‘rinishida nashr etilgan.

# Padarkush asari katta muvaffaqiyat qozongan va Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan

# Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2-marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u „Oyna“ jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning „Bayonoti sayyohi hindi“sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913).

Boshqalar o'qishmoqda: Islom Karimov haqida faktlar

# Uning 1901 yildan boshlab «Turkiston viloyati gazeti», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Tujjor», «Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», «Ulug‘ Turkiston», «Najot», «Mehnatkashlar tovushi», «Tirik so‘z», «Tarjumon», «Sho‘ro», «Vaqt», «Toza hayot», «Samarqand», «Oyna» kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyiarvar kishilar va, ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan.

# Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday yozgan: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi».

# Behbudiy 1919 yil Qarshida sayohat davri qo‘lga olindi va Said Olijonning buyrug‘iga binoan qatl etildi.

Boshqalar o'qishmoqda: Shavkat Mirziyoyev va uning oilasi haqida qiziqarli faktlar

# Oʻzbekistonda (H. Sayd, N. Avazov, 3. Axrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf; Behbudiy Qosimov bilan hamkorlikda), AQShda (E. Olvort) va Behbudiy mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi boʻyicha iimiy izlanishlar olib boriladi. Toshkent shahrida koʻcha va maktabga Behbudiy nomi qoʻyilgan.

Behbudiyning nashr qilingan asarlari:

  • Behbudiy. „Padarkush“. „Sharq yulduzi“ jurnali, 1989, 7-son.
  • Behbudiy. „Ehtiyoji millat“. „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi, 1989.
  • Behbudiy. „Bayoni haqiqat“. „Fan va turmush“. 1992, 5-son.
  • Behbudiy. „Yoshlarga murojaat“, „Ikki emas, toʻrt til lozim“. „Tafakkur“ jurnali, 1994, 1-son.
  • Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 1997, 1999.(ikkinchi nashri)

 

Ma'lumotlar quyidagi manbalardan olindi:

O'zbek tilidagi wikipedia

Sputniknews.uz

Arboblar.uz

Surat manbasi:

Mahmudxoja Behbudiy uy-muzeyi sahifasi

Comments