Itlar haqida qiziqarli faktlar

Itlar yoki kuchuklar haqida ko'pchilik ma'lumotlarga ega. Bu insonga sodiq jonivorlar haqida sizlarga qiziqarli faktlar taqdim etiladi

Itlar haqida qiziqarli savollar:

  • Dunyoda jami qancha itlar bor? 
  • Dunyodagi itlar soni qancha?
  • Itlar qanday buyruqlarni tushuna oladi? 
  • Pekines so'zining ma'nosi nima?
  • Itlar bo'yinbog'i tarixi?
  • It hidni qanday biladi?
  • Itlar shokolad yeydimi?
  • Dunyoda itlarni nechta zoti bor?
  • It bolasining ko'zi qachon ko'rishni boshlaydi?

# Dogster.com sayti ma'lumotlariga ko'ra 2024-yilda dunyo bo'yicha tahminan 900 million itlar bor. 

Foto 

# Itlar jami 250 ta so‘z va belgini tushuna oladi. Beshgacha sanaydi, matematikadan oddiy misollarni ham yecha olishadi. Ularning intellekti ikki yashar bola intellektiga teng.
# Itlar quchoqlatishni xush ko‘rmaydi.

Boshqalar o'qimoqda: Nemis ovcharkasi to’g’risidagi 10 ta fakt

# Qadimiy Xitoyda imperatorning «pekines» zotli jajji iti bo‘lgan. It uning yengi ichkarisida yurgan va xavf tug‘ilishi bilan yeng ichidan sakrab pastga tushgan-u, dushmanga tashlangan. Pekines so'zining ma'nosi tahminan kichik, yungli va tekis burunli kuchuk deganidir. 

Pekinez iti
Foto: https://www.purina.co.uk/find-a-pet/dog-breeds/pekingese

# Tig‘li bo‘yinbog‘ itlar uchun qadimiy Gresiyada yaratilgan. Ular itni bo‘rilar hujumidan himoya qilishga mo‘ljallangan.
# «Banks» laqabli «bokschi» zotiga mansub it va «Buttons» laqabli g‘oz qalin do‘stga aylanishgan. Bu do‘stlik it avtohalokat tufayli ko‘r bo‘lib qolgach, paydo bo‘lgan. Gʻoz itga o‘rnidan turishga yordam bergan. Hamisha uni yetaklab yurgan. Itni bir lahza ham yolg‘iz qoldirmagan.
# Yangi tug‘ilgan kuchukchaning 28 ta tishlari bo‘ladi. Yoshi ulug‘ itda esa tishlar soni 42 taga teng.
# It yuragi ham odamniki kabi xotirjam turganda daqiqasiga 60 dan 100 martagacha uradi.
# Itlarning jami 1700 ta ta’m bilish reseptorlari mavjud.
# It hidni odamdan 100 000 karra yaxshiroq his etadi.

Boshqalar o'qimoqda: Robotlar haqida faktlar

# Itga shokolad berish umuman mumkin emas. Chunki shokolad tarkibidagi teobromin moddasi itning markaziy asab tizimi va yurak mushaklarini ishdan chiqaradi.
# Itlar ham xuddi odamlar kabi ba’zida hiqichoqdan azob chekadi.
# Dunyoda eng tez yuguradigan it «Greyxaund» zotiga mansub «Star Taytl» laqabli it hisoblanadi. U soatiga 67, 32 kilometr tezlikda chopadi.
# Itga ham semirish mumkin emas. Haddan tashqari semirib ketsa, xavfli xastalikka chalinadi.
# Dunyoda itlarning jami 703 ta zoti bor.
# «Rin Tin Tin» laqabli it Gollivud yulduziga aylangan. Chunki u 22 marta filmlarda suratga tushish bo‘yicha shartnoma tuzib, shartnomalarning barchasiga panjasi yordamida imzo chekkan.

Boshqalar o'qimoqda: Sher haqida top faktlar

# Itvachchalarning ko‘zlari tug‘ilgach, oradan 1 oy o‘tibgina ko‘ra boshlaydi.

It bolalari
Foto

# «Lundexund» zotiga mansub itlarning har bir oyog‘ida 6 tadan barmog‘i bor.
# «Nemis dogi» zotli itikki orqa oyoqda turgan mahal bo‘yi 2, 20 metrgacha yetadi.
# Nemis ovcharkasi intellekt bo‘yicha dunyodagi barcha boshqa zotga mansub itlarni quvib o‘tgan.
# It egasini sevsa, u mabodo o‘lib qolganda ham bir umr aza tutadi. Bu ko‘p marotaba amalda o‘z isbotini topgan.

 

Manba

Foto

Comments