Hukmdor Usmon seriali haqida qiziqarli faktlar

# Hukmdor Usmon turk seriali Bozdag Film tomonidan suratga olingan boʻlib, uning birinchi qismi 2019-yil 20-noyabrda namoyish etilgan, rejissyor Metin Gunay hamda Mehmet Bozdag tomonidan yozilgan. Tarixiy, jangovar, sarguzasht, fantastik va drama janridagi film.

Hukmdor Usmon
Foto: https://dizilah.com/article/kurulus-osman-season-2-episode-19-bolum-46-review

 

# Metin Günay rejissyorligida va Mehmet Bozdag tomonidan yozilgan serialning birinchi qismi 2019-yil 20-noyabrda namoyish etildi va bu serial Ertug’rul serialining davomidir. 

Boshqalar o'qishmoqda: Burak Özçivit haqida siz bilmagan faktlar

# Hukmdor Usmon serialidagi bosh rol ijrochisi Burak O’zchevit Turkiyaning eng qimmat aktyorlaridan biri hisoblanadi. Bu aktyor mazkur serialdagi har bir qism uchun deyarli 24000$ pul ishlaydi. Albatta bu serialda rol o’ynash oson ish emas. Burak bu rolda o’ynash uchun 1 yil tayyorgarlik ko’rgan. Masalan u ot minish, qilich o’ynatish va Qur’oni Karimni o’qish kabilarni o’rgangan. 

# Mazkur film suratga olinadigan joy Istanbuldagi 300 gektardan iborat hududdir. Bu hududda saroylar, hammomlar, mehmonxonalar, masjidlar, cherkovlar va boshqa binolar Usmoniylar davrini eslatadigan qilib qurilgan. 

Hukmdor Usmon sahnalar
Foto: https://ertugrulghazitours.com/shop/kurulus-osman-film-set-group-tour-in-istanbul/

 

# Hukmdor Usmon seriali 25ta turli tillarga tarjima qilingandir. Bu serial hozirda ko’p muhokamalarga sabab bo’lib, anchagina mashhurlikka erishgandir. 

Boshqalar o'qishmoqda: Farrux Xamroyev haqida faktlar

# Serial suratga olinish jarayonida hammasi yaxshi ketayotgandi, lekin Burak O'zchevitning sud mahkamasiga tortilad. Aktyorning sud zaliga chaqirtirilishining sababi esa film suratda olinishidagi ishchilarning uning ustida shikoyat qilishlari bo’ldi.

# Qizig’i shundaki filmda bosh rollardan birini o’ynayotgan va bizga Bala Hotun nomi bilan tanish bo’lgan Ozge Torer aslida bu serialda o’zining ilk rolini o’ynamoqda. 25 yoshli Ozge uchun ilk rol albatta muvaffaqiyat olib keldi. 

Bala Hotun kim
Foto: https://www.atv.com.tr/haberler/2023/10/11/yunus-emreden-bala-hatuna-eyyub-aleyhisselam-kissasi

# Malika Sofiya rolini ijro etgan 34 yoshli Alma Terzic Yugoslaviyalik aktrisadir. 2011-yilda mashhur aktyor Anjelina Joli tomonidan yozilgan “In the land of blood and honey” filmida rol ijro etgan. 

# Burak Ozchevit oz’ining soqolini mana 3 yildirki (2022-yil ma’lumotlariga ko’ra) serialdagi roli tufayli oldirgani yo’q. Aktyorning aytishicha uning soqol bilan hech qanday muammosi yo’q. 

Boshqalar o'qishmoqda: BTS haqida qiziqarli faktlar

# Altay Goltekin – serial musiqalarining mashhur bastakori 2020-yilda 48 yoshida miya shishi kasalligi tufayli vafot etadi. 

Alpay Goltekin
Foto: https://www.ucankus.com/detay/433025/alpay-goltekin-vefat-etti

# Gohida serialning ayrim qisimlaridagi qonli sahnalar tomoshabinlarning e’tirozlariga sabab bo’lmoqda. Ba’zi tomoshabinlar esa o’ta shavqatsiz sahnalarni qayta ko’rib chiqishni taklif qilishgan. 

 

Ma'lumotlar tayyorlanishida quyidagi manbalardan foydalanildi:

O'zbek tilidagi wikipedia 

Ingliz tilidagi wikipedia

Youtube kanali

Comments