Bulbul haqida qiziqarli faktlar

Bulbullar - chumchuqsimonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qushdirlar. Bubullarning 6 ta turlari bo'lib, ular sharq bulbuli, g'arb bulbullaridan tarqalganlar. 

# Bulbulning rangi koʻrimsiz, usti qoʻngʻir va toʻq mallarang, qorni oqish, nari bilan modasining rangi bir xil, boʻyi 20 sm gacha boʻladi. 
# Sharq bulbuli Sharqiy Yevropa va Osiyoning bir qismida tarqalgan bo'lsa Gʻarb bulbuli Gʻarbiy Yevropa, Kichik Osiyo, Eron va Afgʻonistondan to Oltoyga qadar tarqalgandir. 

Bulbul shohda

# Sharq bulbuli gʻarb bulbuliga qaraganda baland va yoqimli sayraydi. 
# Bulbul bolasi tuxumdan 13—14 kunda ochib chiqadi. 
# Bulbullar hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanib, foyda keltiradi.
# Bubullar faqat tunda emas balki kunduzi ham sayraydilar. Lekin bu ajoyib qushlarning sayrashlari tunda aniq va yoqimliroq bo'ladi, sababi tunda boshqa qushlarning ovozidan holi ravishda kuylaydilar. 
# Bulbulning shirali ovozini aslida urg'ochi bulbul emas balki erkak bulbul chiqaradi. 
# Bulbulni ko'rish har doim mushkul bo'lib kelgan, chunki ular o'zlarini aniqlash qiyin bo'lgan joyda yashirib turadilar.
# Ikki jinsdagi bulbullar bir - birlariga o'xshash bo'ladilar. Shuning uchun ularni bir - bilaridan ajratib olish qiyin. 
# Bulbullar bir-birlarining sayrashlarini 2-3 km masofadan eshitishlari mumkin.

# Ushbu qushlarning urg'ochilari kuylashiga qarab erkaklarni tanlaydi. Shuning uchun, erkak bulbul qanchalik yaxshi kuylasa, uning sherik topish imkoniyati shunchalik yuqori bo'ladi.
# Bir sutkada bulbul o'z vaznining 85-90 foiziga teng miqdorda ovqat yeyishi mumkin.
# Ushbu qushlarning gorizontal parvoz tezligi soatiga 50 km ga yetishi mumkin.
# Yevropada bulbullar soni 20 milliontagacha deb baholanadi.

Bulbul polaponi

# Fermerlar va bog'bonlar bu qushlarni juda foydali deb bilishadi, chunki ular juda ko'p zararkunandalarni yeyishadi.

 

Ma'lumotlarni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:

Foto 

O'zbek tilidagi wikipedia

faktrus.ru

Comments