Al Aqso masjidi haqida qiziqarli faktlar

Al-Masjid al-Aqso (arabcha: المسجد الأقصى "Uzoqdagi masjid") — Falastin davlati hududidagi Quddus shahrida joylashgan masjid, qad. ibodatxona (Sulaymon ibodatxonasi). Baʼzan, al-Aqso masjidi yoki oddiy qilib al-Aqso deb ham nomlanadi. Al-Masjid al-Harom va al-Masjid an-Nabaviylardan keyin Islom dinidagi uchinchi muqaddas masjid hisoblanadi.

Payg’ambarimiz, Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallam haqida 30 ta fakt

# Al Aqso faqat bitta masjiddan tashkil topmagan
Bu muqaddas joyda bir nechta masjidlar mavjud bo'lib, biz ularni Masjid al-Aqso deb bilamiz. Butun majmua Masjidul-Aqso muborak nomi bilan mashhur. Al Aqso nomidan tashqari bu joy Al-Haram ash-Sharif (Muqaddas ma'bad) deb ham ataladi.

Aqso masjidi to'liq ko'rinishi
Manba

# Al Aqso Qur’oni karimda zikr qilingan
Darhaqiqat, Ka'ba va Masjid-i Aqso Qur'onda zikr qilingan ikkita masjiddir va hatto Alloh taolo tungi safar va me'roj haqida aytganda ular yonma-yon zikr qilinadi: «O‘z bandasini kеchasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga oyat-mo‘’jizalarimizni ko‘rsatish uchun sayr qildirgan zot pok bo‘ldi. Albatta, U eshitguvchi va ko‘rguvchi zotdir.». [Qur'oni karim, 17:1]  624-yilda Makkadagi Kaʼba qibla deb eʼlon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish toʻxtatilgan.

# Qoya gumbazining asl nusxasi hozirgidan boshqacha ko'rinishda bo'lgan
Qoya gumbazi ummaviylar hukmdori Abdulmalik ibn Marvon tomonidan qurilgan. U dastlab o'zgacha ko'rinishda edi. Hammamizga maʼlum boʻlgan ramziy gumbaz deyarli ming yil oʻtib, Usmonli hukmdori Sulaymon podshoh davrida qurilgan. Binoning jabhasiga Usmonli koshinlar bilan birga gumbazga o'ziga xos oltin qatlam qo'shilgan.

Aqso masjidi
Manba

Sulton Abdulhamid haqida qiziqarli faktlar

#Majmua, shuningdek, qabriston ham hisoblanadi
Al Aqso majmuasida kimlar va qancha inson dafn etilgani haqida aniq maʼlumot yoʻq boʻlsa-da, Al-Harom-i Sharifdagi qabriston koʻplab paygʻambarlar (alayhissalomlar) va Paygʻambarimiz (sollalohi alayhi vasallam)ning  sahobalari shu yerda ko'milishgan. Masalan, Masjidul-Aqsoda birinchi islom qozisi bo‘lgan Uboda ibn Somir (raziyallohu anhu) Bob ar-Rahma qabristoniga dafn etilgan. Bu Makka va Madinadagi ikkita mashhur qabristondan keyin Islom olamidagi uchinchi eng koʻzga koʻringan qabristondir. 

# Bu joyda bir vaqtlar afsonaviy minbar bo'lgan
Turk Zengilar sulolasidan bo‘lgan Imod ad-Din Zengiy Masjidul-Aqsoga o‘rnatish uchun maxsus minbar qurdirgan edi. Bu minbar nafaqat go'zal bo'lgan, balki u bitta mix yoki yelim ishlatilmasdan yasalgan. Ming afsuski, Imod ad-Din Quddus fath  bo'lgan kunni ko‘rmadi, ammo Salohiddin ustozining tilagini bajaradi va Quddusni Islom tarixida ikkinchi marta ozod qilgandan keyin minbarni o‘rnatadi.

Alisher Navoiy haqida faktlar

# Al-Masjid Al-Aqsoning joyi bir vaqtlari chiqindixonaga aylangan edi
Rimliklar yahudiylarni shahardan surgun qilganda, asosan Rim aholisi Aqso masjidi hududidan chiqindixona sifatida foydalangan. Umar (raziyallohu anhu) Islomga shaharni ochgach, o'z qo‘llari bilan axlatlarni tozaladilar. Ular shuningdek, yahudiy xalqining ko'p asrlik surguniga barham berib, qochqin oilalarga yana Quddusda yashash huquqini beradilar.

Umar Ibn Hattob

 

Ma'lumotlar tayyorlanayotganda quyidagi manbalardan foydalanildi: 

Manba 1

Manba 2

Статья на русском языке:

Мечеть Аль-Акса (Al-Aqsa Mosque) – одно из наиболее священных мест для мусульман и одно из трёх мусульманских святилищ, находящихся в Иерусалиме. Вот несколько увлекательных фактов об этом важном месте:

1. История и Символика: Мечеть Аль-Акса имеет многовековую историю, связанную с древними религиозными и историческими событиями. Это место связано с Пророком Мухаммадом (саллаллаху алейхи вассалам), который, согласно преданиям, совершил ночное путешествие (Исра и Мирадж) из Мекки в Иерусалим, где он взошел на небеса и встретился с предыдущими пророками. Из-за этой связи мечеть Аль-Акса имеет глубокие религиозные и символические значения для мусульман.

2. Архитектура: Мечеть Аль-Акса – это обширный комплекс, включающий даже многообразные здания и архитектурные стили. Она располагается на холме Харам-аш-Шариф, который также содержит Купол Скалы. 

3. Значение для Мусульман: Для мусульман мечеть Аль-Акса имеет высшее религиозное значение после Мекки и Медины. Это место служило фокусом для их религиозных практик и поклонения на протяжении многих столетий.

4. Исторические События: Мечеть Аль-Акса играла ключевую роль во многих исторических событиях и конфликтах, связанных с контролем над Иерусалимом. Это место часто становилось центром внимания в связи с израильско-палестинским конфликтом.

5. Современное Значение: В настоящее время мечеть Аль-Акса остается важным местом поклонения для мусульман из разных частей мира. Ежегодно тысячи верующих посещают это священное место для осуществления молитв и духовного обновления.

6. Современные Вызовы: В связи с политическими и территориальными спорами в регионе, мечеть Аль-Акса продолжает быть объектом напряженности и внимания мирового сообщества. Обеспечение свободного доступа к этому священному месту для верующих остается важным вопросом в рамках современных конфликтов.

Эти факты подчеркивают важность и значение мечети Аль-Акса в контексте исламской и мировой истории, а также её влияние на современные политические и культурные дискуссии.

Comments