Nimaga yoshlik bir pasda o’tib ketadi?

30 yoshga kirasiz. Oilangiz, farzandingiz bor. Kuchingiz avvalgidek emas. Vaqtingiz avvalgidek emas. 

Do’ppini qo’yib, o’tirib o’ylaysiz:

Ishtaha nega yo'qoladi?

Nimani xato qildim? Nimaga yoshlik bir pasda o’tib ketdi?

Bor vaqtingizni ajratib, oxirigacha birgamiz degan ulfatlaringiz - o’z hayoti bilan bo’lib ketdi. 

Kechalaringizni sarflagan serial, futbollaringiz - ishingizda ham, daromadingizda ham befoyda bo’lib chiqdi. 

Nimaga havo isib bormoqda?

O’yinlarda yutganlaringiz, hayotda yutishingizga yordam bermadi. 

Yoshlikda vaqtlari ko’p bekor ketganiga afsusda edilar Hasanxon Yahyo

Bekor o’tgan daqiqalariga(!) achingandilar Yusuf Qarzoviy.  

 

Surat

Biz ham ustozlardan hoziroq o’rganib, vaqtimizni tejashni boshlashimiz mumkin. 

Yoki

Vaqtni uvol qilib, o’ttizga kirib, boshimiz devorga urilishini kutishimiz mumkin.

© Aziz Rahimov

Comments