Miya bu Alloh tomonidan insonga berilgan buyuk bir ne'matdir. Uning shakli va ichidagi murakkab va mukammal funksiyalar bizni hayratga solmay hech iloji yo'q. Quyida siz uchun o'zim tarjima qilgan maqolani tadim qilmoqchiman.
# Inson miyasi superkompyuterga o'xshaydi!
Bizning miyamizda 86 milliardga yaqin neyronlar, elektr va kimyoviy signallarni yuborish orqali aloqa qiladigan mayda hujayralar mavjudligini bilarmidingiz? Bu neyronlar birgalikda ma'lumotni ko'pchilik kompyuterlarga qaraganda tezroq qayta ishlaydi. Masalan, miya vizual tasvirlarni atigi 13 millisekundda qayta ishlay oladi va bu ko'rgan narsamizni deyarli bir zumda tushunishga yordam beradi.
# Miya naqshlarni yaxshi ko'radi!
Miya tabiiy naqsh topuvchidir. Bu holat tanish yuzlarni tanib olishga, keyin nima bo'lishini bashorat qilishga va jumboqlarni hal qilishga yordam beradi. Shuning uchun odamlar bulutlarda shakllar yoki hayvonlarni ko'rishadi, miya tasodifiy naqshlarni biz bilgan narsaga bog'lab tushunishga harakat qiladi! Qiziq a?
# Miyadagi xotiralar mukammal saqlanmaydi!
Insonning miyasi ba’zilar o’ylaganidek esdaliklarni video tasvirlar kabi saqlamaydi. U aslida ma’lumotlarni kichik qismlarda saqlab, xotiralar eslanganda miya ularni qayta tiklaydi. Vaqt o’tgan sari bu qayta tiklanishlar yangi tajriba yoki hissiyotlar qo’shilganda barchasi aralashib o’zgarishi mumkin va bunday holda eslangan narsalar kamroq ishonchli bo’ladi.
Inson tanasi haqidagi eng g'alati 16 ta fakt
# Inson miyasi to'xtamay ishlaydi! Miyamiz kun voqealarini jarayondan o'tkazadi, xotiralarni mustahkamlaydi va hattoki muammolarni yechadi. Shuning uchun biz uyg'onganda ajoyib fikr bilan uyg'onamiz yoki birdaniga bir kun avval o'rgangan narsamizni eslab uyg'onamiz.
# O'ng va chap miya afsonasi!
Miyaning o'ng tomoni ijodkorlikka, chap tomon esa mantiqiylikka moslashgan degan gaplar bor. Aniq aytadigan bo'lsak, uning ikki tomoni ham bizga o'ylashda, muammolarni hal qilishda va ijodkor bo'lishda yordam beradi. Masalan, til mahoratlarida ikki tomon ham funksiya bajaradi, ya'ni bitta tomon so'zlarga yana biri ma'nosini va hissiyotlarini tushunishga yordam beradi.
# Miya ko'p energiya ishlatadi!
Garchi miyamiz inson tanasi og'irligining bor yo'g'i 2% tashkil qilsada, u tana quvvatining 20% ishlatadi. Bu degani insonning bir kunlik energiyasining beshdan biri to'g'ri miyaga ketadi. Shuning uchun yong'oq, baliq va mevalar kabi sog'lom ovqatlar aqliy sog'ligimiz uchun juda muhim.
Inson va inson tanasi haqida faktlar
# Fikrlar va o'ylar super tez harakatlanadi!
Neyronlar bir-biriga signallarni chaqmoq tezligida, soatiga 200 milyagacha yuboradilar. Bu degani ularning tezligi ko'pgina Formula 1 mashinalaridan tezroq degani! Bu tezlik miyangizga to'pni ushlash yoki xavfdan qochish kabi tezkor reaksiya ko'rsatish imkonini beradi.
# Xayolparastlik ijodkorlikni oshiradi!
Xayolparastlik qilayotganingizda, u "standart rejim tarmog'i" deb nomlangan holatga o'tadi. Bu esa qismi sizga yangi aloqalar o'rnatishga va ijodiy fikrlashga yordam beradi. Shunday qilib, keyingi safar kimdir sizga xayol surishni bas qilishni aytganda, bu miyangizning ishlashiga yordam berayotganini eslatib qo'ying!
# Ongimiz bizni aldashi mumkin!
Optik illyuziyalar miyangiz ma'lumotni qanday talqin qilishining ajoyib namunasidir. U o'tmishdagi tajribalar va taxminlarga asoslanib, chalkash tasvirlarni tushunishga harakat qiladi.
O'pkamiz haqida hayratlanarli faktlar
# Har bir insonning ongi noyobdir!
Ongimiz tajribamiz, atrof-muhitimiz va shaxsiyatimiz bilan shakllanadi, bu uni butunlay noyob qiladi. Bu barmoq iziga o'xshaydi, hech bir ong bir xil emas, hatto bir xil egizaklarda ham! Bu o'ziga xoslik har bir insonning fikrlari, ijodi va his-tuyg'ularini juda o'zgacha qiladi.
🧠 Inson miyasi haqida Chatgptdan qo'shimcha ma’lumotlar:
- Inson miyasi inson tanasidagi eng murakkab organ bo‘lib, taxminan 86 milliardta nerv hujayrasidan (neyronlardan) iborat.
- Miya og‘irligi o‘rtacha 1,3–1,5 kg bo‘ladi, lekin tanadagi eng ko‘p energiya iste’mol qiluvchi organ — tanadagi umumiy energiyaning 20 foizigacha sarflaydi.
- Miyaning 75–80% qismi suvdan iborat, shuning uchun suv yetishmasligi fikrlash va xotiraga ta’sir qiladi.
- Har bir neyron bir necha mingta boshqa neyron bilan bog‘lana oladi, bu esa ulkan tarmoq hosil qiladi.
- Quvvat bo‘yicha miya kichik lampochkani yoritish uchun yetadigan energiya ishlab chiqaradi (taxminan 20 vatt).
- Uyqu paytida ham miya faol ishlaydi, xotiralarni mustahkamlaydi va keraksiz ma’lumotlarni ajratadi.
- Miyaning chap va o‘ng yarim sharlari turli funksiyalar uchun mas’ul:
- Chap — til, mantiq, hisob-kitob
- O‘ng — ijodkorlik, tasavvur, san’at
- Miya o‘z-o‘zini og‘riq bilan his qilmaydi, chunki unda og‘riq retseptorlari yo‘q.
- Miya umr davomida neyroplastiklik orqali o‘zgarib boradi, ya’ni o‘rganish va tajriba asosida yangi bog‘lanishlar hosil qiladi.
- Stress, uyqusizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish miyaning faoliyatini sezilarli pasaytiradi.
Ma'lumotlar manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi
Surat manbasi
Comments